Paris United: Neymar “PSJ”ga o'tadi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2017
“Barselona” hujumchisi Neymar “PSJ”ga o'tishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Paris United portali.

“Noma'lum manbaning tasdiqlashicha, Neymar “PSJ” o'yinchisiga aylanadi”, deya yozmoqda ushbu portal.

Ilgariroq Parijning Le Parisien nashri xabar berib, 25 yoshli futbolchi Kataloniya klubidagi sheriklariga yangi jamoaga o'tayotganligini aytgan. “Barsa” futbolchilari uning kyetishidan xabardor.

Neymar shuningdek Instagram ijtimoyi tarmog'ida o'zining o'ychan turgan holatdagi rasmini joylagan va “PSJ”ning bir qator futbolchilari ushbu suratga “layk” bosishgan.

Ilgariroq Radio Cataluniya xabar berib, Neymarning “PSJ”ga o'tishi borasidagi ishlar 95 foizga yakunlangan. Uning transfer summasi shartnomasida ko'rsatilgani kabi 222 million evroni tashkil etadi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Paris United