Parij-2024. O'zbekistonning Ispaniyaga qarshi qanday libosda maydonga tushishi ma'lum

Оқил Абдубарноев
23 iyul 2024, 20:49
O'zbekiston U-23 terma jamoasi ertaga Parij Olimpiadasidagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Mazkur o'yinda Timur Kapadze shogirdlari to'liq oq libosda, darvozabon esa qora libosda harakatlanadi.

Uchrashuvni esa afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam - Beida Dahane (Mavritaniya), unga qanotlarda Jerson Santos (Angola) va Stefan Yiembe (Keniya) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi Dryuv Fischerga (Kanada) topshirilgan. Lahlo Benbraham (Jazoir) esa VARda faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston - Ispaniya o'rtasidagi o'yin 24 iyul kuni soat 18:00 da “Park de Prens” stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia