Paredes va Draksler PSJga qaytadi

Sherzod Nurmatov
28 mar 2023
Parijliklar kadrlar bo'yicha qaror qabul qilishlari kerak.

PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes mavsum oxirida "Yuventus"dan jamoaga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

"Byankoneri" argentinalikni sotib olmaydi. Bu "Benfika"da ijara asosida to'p tepayotgan Yulian Drakslerga ham taalluqli. Har ikki futbolchi yozda Parijga qaytishi rejalashtirilgan. 

Avvalroq "Pari Sen-Jermen" koreyalik futbolchini o'z safida ko'rmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano