Papastatopulos: "Mxitaryan uchun ham Yevropa ligasini yutishimiz kerak"

26 may 2019, 21:30
"Arsenal"ning gretsiyalik himoyachisi Sokratis Papastatopulos EL kubogini qo'lga kiritishni o'ylamoqda.

Sokratis sheriklarini Ozarbayjon va Armaniston o'rtasidagi ziddiyat sababli Bokudagi finalni o'tkazib yuborishga majbur bo'layotgan Genrix Mxitaryan uchun ham yutish kerakligini aytib o'tdi.

"Mxitaryan? Bu katta yo'qotish. Biz uni o'ylaymiz va finalda Genrix uchun g'alaba qozonmoqchimiz. Bir o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin. Agar borimizni 100% berib o'ynasak, Yevropa ligasini yuta olamiz", - deya Sokratisning so'zlarini keltiradi Goal nashri. 

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com