Papadopulos Saudiya Arabistoni klubiga o'tdi

Sherzod Nurmatov
18 iyul 2021, 21:39
Gretsiya terma jamoasi himoyachisi "Al Feyxa" a'zosiga aylandi.

Himoyachi Kiriakos Papadopulos Xorvatiyaning "Lokomotiva" klubidan Saudiya Arabistonining "Al Feyxa" jamoasiga o'tdi.

29 yoshli futbolchi erkin agent sifatida 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. 

Himoyachi o'tgan mavsumda 24 o'yinda 2 ta gol urdi. U Xorvatiya klubida o'ynaguniga qadar "Olimpiakos", "Shalke" "Bayer", "Leyptsig" va "Gamburg" sharafini himoya qilishga ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia