Palmeri: Simone Inzagi "Inter" bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
27 may 2021
Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Tankredi Palmeri xabar bermoqda.

"Lacio" bosh murabbiyi Simone Inzagi so'nggi pallada jamoada qolish istagidan voz kechdi va "Inter"ga o'tishga rozilik berdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, yaqin daqiqalarda Inzagi "Inter" ustozi sifatida ommaga tanishtiriladi.

Uning qo'l ostidagi "Lacio" joriy mavsum Italiya chempionatida 68 ochko to'plab, 6-o'rinni egalladi. 

Antonio Konte ustozlik qilgan "Inter" esa 91 ochko bilan chempion bo'ldi, lekin shunga qaramasdan, Milan klubi kecha Konte bilan xayrlashdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: https://twitter.com/tancredipalmeri