Palladino "Yuventus"ga mos keladigan mutaxassisni aytdi

16 apr 2021, 21:12
Raffaele Palladino "Atalanta" bosh murabbiyi Jan Pero Gasperinining "keksa sinora"ni boshqarishga qodirligiga ishonadi.

"Gasperini - kuchli shaxs, uning o'z uslubi bor. O'ylashimcha, Jan Pero Keza va Kulusevski singari futbolchilar uchun mukammal murabbiy bo'lar edi.
5-7 yildan beri shu gapni takrorlayman: Gasperini "Yuventus"ni boshqarish uchun tayyor. Uning zamonaviy uslubi "Yuve" futbolchilariga juda mos keladi", deydi "keksa sinora"ning sobiq futbolchisi.

Ma'lumot uchun, 2002-2008 yillarda "Yuventus" sharafini himoya qilgan Palladino faoliyatini 2018 yilda yakunlagan edi.

Pirlo o'zining "Yuventus"dagi ishiga baho berdi        

O'xshash yangiliklar


Manba: football-italia.net