Pablo Sabaleta: "Biz xarakter evaziga "Xall"ni mag'lub etdik"

Narzulla Saydullayev
28 sen 2014, 17:31
"Manchester Siti" himoyachisi Pablo Sabaleta "Xall Siti" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
- O'z xatolarimiz evaziga ikkita gol o'tkazib yubordik. Biroq butun jamoa yaxshi o'ynadi. Biz xarakter namoyish eta oldik. Lempard uchun xursandman. Frenk - yoshlarimiz uchun ajoyib namuna. Endi bor e'tiborimizni "Roma" bilan bahsga qaratamiz, - deydi Sabaleta "Siti" rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net