O'zPFL komissarlari uchun seminar tashkil etildi

Tolibjon Qosimov
8 iyun 2020, 17:17
Xabaringiz bor, 13 iyun sanasidan boshlab futbol bo'yicha Superliga bahslari davom ettiriladi.

Bugun pandemiya sharoitida chempionat uchrashuvlarini o'tkazish masalasida O'zPFL musobaqalarida faoliyat olib boruvchi komissarlar uchun seminar tashkil etildi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Unda uchrashuvlar davomida jamoalarning stadionga kelishidan tortib, o'yindan oldin, o'yin vaqtida va o'yindan keyingi jarayonlarda barcha sanitariya normalariga rioya qilishlari, stadion, tribuna osti yo'lakchasi, kiyim almashtirish xonalari SEOA tomonidan tavsiya etilgan dezinfekciya ishlari olib borilishiga aynan komissarlar mas'ul ekanligi takidlandi.

O'yin kuni O'zPFL komissarlariga SEOAdan biriktirilgan xodim birgalikda faoliyat olib borishadi. Qayd etish joiz, klublarga ham bu borada zarur tavsiyalar berilgan bo'lib, uchrashuvga tayinlangan komissarlar klublar bilan ham doimiy aloqada bo'lishlari lozim bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz