

20 fevral kuni Superliga yangi mavsumiga qur'a tashlangan edi. Unga ko'ra, o'tgan yilgi bronza medallari sohibi bo'lgan AGMK klubi dastlabki 4 turda "Lokomotiv", "Nasaf", "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Shundan keyin OCHL guruh bosqichiga saralash doirasida Qatarning "Al Garafa" klubi bilan bellashishga to'g'ri keladi.
AGMK qur'adan oldin va keyin. Olmaliqliklarni qiyin taqvim kutmoqda.




