O'zilning agenti MLS klubi bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
15 avg 2019
"Di Si Yunayted" "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil bilan muzokaralar olib bormoqda.

Kecha 30 yoshli o'yinchining agenti MLS klubi rahbariyati bilan muzokaralar olib borgan. 

Futbolchi klub bilan 2020 yil yanvarda AQSH jamoasiga o'tish imkoniyatlari haqida gaplashgan.

O'zil "Arsenal" tarkibida o'tgan mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assistga erishgan.

Transfermarkt.de yarim himoyachini 25 million evroga baholamoqda. 


AlisherMuallif
Manba: The Washington Post