O'zil va Kolashinacga hujum qilgan jinoyatchilarga sud hukmi o'qildi

Eldor Akmurzayev
31 mar 2021, 21:10
O'tgan yili Londonda o'g'irlik bilan shug'ullanadigan jinoiy guruh “Arsenal” futbolchilari Seyad Kolashinac va Mesut O'zilga hujum qilishgandi.

Surishtiruvlar natijasida jinoyatchilar 19 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 8 nafar yigit ekanligi ma'lum bo'ldi.

Sud tergovni yakunlab, ularning barchasiga jazo tayinladi. Futbolchilar hujum qilgan Jordan Nortover guruh a'zolari orasida eng og'ir jazoni oldi – 18 yillik qamoq. 

Qolganlar esa 8, 9 (ikki nafari), 11, 14, 15 va 16 yilga ozodlikdan maxrum etildi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua