O'ziga xos o'yin uslubiga ega murabbiy

Omonjon To`xtamirzayev
15 yanv 2019
Kuni kecha bo'lib o'tgan "Torino" - "Fiorentina" o'rtasidagi bahsda Stefano Pioli o'zgacha o'yin taktikasiga ega ekanini yana bir bor isbotlab berdi.

Italiyada Stefano Piolini vaziyatga qarab, o'yin uslubini o'zgartira oladigan murabbiy deb atashadi. U aynan shu sifati bilan "Torino"ga qarshi bahsda jamoani mag'lubiyatdan "qutqarib qoldi".

Uchrashuv o'rtalarida "Fiorentina" o'yinchilari raqib jamoa qanotdan hujum qilishiga to'sqinlik qilolmay qoldi. Biroq bunga futbolchilar aniq zarba berolmagani va "Torino"ning 3ta bo'yi baland markaziy himoyachilari to'sqinlik qilgani sabab bo'ldi: Icco (183 sm), N’Kulu (183 sm), Jijji (184 sm).

Pioli 60-daqiqadan so'ng o'yin taktikasini o'zgartirdi: Miralyasning o'rniga Jersonni maydonga tushurdi. U 2ta hujumchi bilan bahsni davom ettirib, hujumdagi futbolchilar tezligiga ko'proq e'tibor berdi. Natijada, "Torino" himoyachilari Keza-Simeone juftligiga etolmadi. Bundan unumli foydalangan Keza 2ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va jamoa g'alaba qozonishida yordam berdi.


Nozima Zaripova tayyorladi


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia