O'zbekistonning U-23 Osiyo Kubogidagi guruhdoshi Eron nazorat o'yinida Iroqni kichik hisobda yutdi

Sherzod Nurmatov
27 may 2022, 17:28
Eron U-23 terma jamoasi 24 may kuni Bag'dodda Iroq U-23 bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Chap qanot vingeri Ariya Yusufining 12-daqiqada darvozaga kiritgan yagona to'pi uchrashuvda yagonaligicha qoldi va forslar g'alabani tantana qilishdi.

Eron – Iroq 1:0

Gol: Ariya Yusufi 12'

Eron: 22.Parsa Jafari, 3.Ali Rizo, 20.Saman Faloh, 16.Milod Kur, 5.Amir Jafari, 10.Muhammad Hudaband, 6.Hussayn Zavari (s), 7.Yosin Salmoni, 9.Amir Ali, 21.Ahmad Shariatzoda, 13.Ariya Yusufi

Bosh murabbiy: Mehdi Mahdavakiya

Iroq: 22.Hasan Ahmad, 15.Muhammad Albaqir, 6.Zaid Tahsin, 17.Ahmad Naim, 14.Merkas G'ozi, 25.Aleksander Moid, 30.Ali Majid, 10.HAsan Abdul Karim, 27.Hiran Ozod, 28.Mustafo Volid, 9.Vaka Ramazon (s)

Bosh murabbiy: Miroslav Soukup



Bizga ma'lum bo'lishicha, Eron bugun Bag'dodda yana Iroq bilan bellashadi.

Eslatib o'tamiz, Mehdi Mahdavikiya jamoasi 1 iyunda boshlanadigan Osiyo Kubogida ishtirok etadi. Eronliklar "A" guruhida O'zbekiston, Qatar va turnir debyutanti Turkmaniston bilan bahs olib borishadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia