O'zbekistonning JCH-2022ga chiqish imkoniyatlari sezilarli darajada oshishi mumkin

Aslanov Jasurbek
31 okt 2018, 12:03
FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2022 ishtirokchilari soni oshishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Biz jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32tadan 48taga etkazishga qaror qildik va bu yangilik 2026 yilda kuchga kiradi. JCH-2022dachi? Buni ko'rib chiqyapmiz. Agar buning ilojisi bo'lsa, nega endi yo'q?

Biz buni baholab chiqishimiz kerak. Qatarlik do'stlarimiz va mintaqaning boshqa vakillari bilan buni muhokama qilyapmiz" - deydi Infantino.

1998 yildan beri jahon chempionatlari 32ta jamoa ishtirokida o'tmoqda.

Oldinroq, mundialda 48ta jamoa ishtirok etsa, Osiyodan 8,5ta jamoa JCHda qatnashishi mumkinligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters