O'zbekistonning besh karra chempioni, "Neftchi" klubi og'ir ahvolda...

Narzulla Saydullayev
31 may 2019, 18:55
Moliyaviy qiyinchiliklar sabab "Neftchi" ayollar jamoasi iyun oyining dastlabki 10 kunligiga mo'ljallangan ikki safar uchrashuviga kela olmasligini xat orqali ma'lum qildi.

Reglamentga ko'ra, bunday holatda klub musobaqalardan chetlashtirilishi kerak.

"Neftchi" futbol klubiga yil boshidan buyon faqatgina bir marta - Navro'z bayrami arafasida pul tushirib berilgan va bu pullar yanvar oyi maoshlariga etarlicha darajada bo'lgan. Iyun oyi ham kelyaptiki, klubga boshqa pul kelib tushmagan deyapti klub vakillari. Oldinroq Farg'ona hokimiyati mana shu klubdan "Istiqlol"dagi o'yinlarning har biriga 25 million so'm so'rayotgani haqida yozilgandi", - deb yozadi Diyor Imomxsho'jaev telegramdagi o'z kanalida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: t.me/diyorimamkhodjaev