

Tailandda o'tkaziladigan saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar ma'lum qilindi. Unga ko'ra O'zbekistonlik referilar Anna Sidorova hamda Zilola Rahmatovalar ushbu guruh musobaqalarda ish olib boradi.
O'zbekiston U16 ayollar terma jamoasi esa “D” guruhida saralash bosqichini o'tkazadi. Ushbu guruhda shuningdek, Avstraliya, Vetnam, Hongkong, Falastin va Iroq terma jamoalari ham joy olgan. “D” guruhi o'yinlari Vetnamda bo'lib o'tadi.



