Turkiyadagi o'quv yig'ini davomida o'zbekistonlik referilar bir qator o'rtoqlik turnirlari va nazorat uchrashuvlarida hakamlik qilishi rejalashtirilgan edi. Kecha, Turkiyaning Antaliya shahrida o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarining ayrimdarini o'zbekistonlik referilar boshqarib borishdi.
Jumladan, Ruminiyaning Universitat hamda Gruziyaning Sioni klublari o'rtasidagi o'yinni Baxtiyor Namozov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi. Ushbu o'yinda Bobur Qodirov hamda Abdurahmon Qo'ldoshevlar laynsmen vazifasini bajarishdi.
Shuningdek? yana bir uchrashuvda Qozog'istonning Jetisu hamda Serbiyaning Yagodina klublari o'zaro bahs olib borishdi. Mazkur o'yinni ham o'zbekistonlik FIFA referisi Dmitriy Pislegin boshqarib bordi. Unga qanotlarda Ravil Shoyaxmetov va Timur Gaynullinlar yordam berishdi.
O'zbekistonlik yana bir FIFA referisi Hasan Ro'ziev esa, bugun bo'lib o'tadigan Amkar (Rossiya) - Lex (Polsha) o'yinini boshqaradi.