O'zbekistonlik hakamlar Suzuki Cup bahslarida ishlaydilar

Narzulla Saydullayev
14 okt 2014, 12:24
O'zbekistonlik FIFA referisi Valentin Kovalenko shu yilning 22 noyabr kuni Singapurda start oladigan Suzuki Cup bahslariga taklif etildi.
ASEAN mintaqasining jami 8ta terma jamoasi ishtirok etadigan mazkur turnirda Kovalenko brigadasi ikkita o'yindan iborat final uchrashuvinining ilk o'yinini boshqaradi. Finalning ilk o'yini 17 dekabr kuni bo'lib o'tsa, javob bahsi 20 dekabr kuni o'tkaziladi. Ilk o'yinda Kovalenkoga qanotlarda Mamur Saidqosimov hamda Jahongir Saidovlar yordam berishadi. O'zbekistonlik yana bir FIFA referisi Vladislav Seytlin esa uchrashuvda zaxira hakami sifatida ishlaydi.

Takidlash joiz, Suzuki Cup turnirining guruh o'yinlarida o'zbekistonlik yana bir FIFA referisi - Ilgiz Tantashev ham hakamlik qiladi. Tantanshev musobaqaning guruh bosqichi o'yinlarida o'z yordamchisi Ruslan Serazetdinov bilan uchrashuvlarni boshqaradi.

Ma'lumot o'rnida, Suzuki Cup turnirida bu yil jami 8ta terma jamoa ikki guruhga bo'lingan holda ishtirok etadilar. Ayni damda mazkur musobaqada ishtirok etuvchi 6ta terma jamoaning nomi ma'lum - Vetnam, Filippin, Indoneziya, Singapur, Malayziya va Tailand terma jamoalari. Yana ikkita terma jamoa esa, saralash bahslari yakuniga etgach ma'lum bo'ladi. Turnir o'yinlari 22 noyabr kuni start olsa, musobaqaning yarim final va final bahslari qisqa muddatlik tanaffusdan so'ng 17 va 20 dekabr kunlari o'tkaziladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com