O'zbekistonlik hakamlar JCH uchun VAR hakami nomzodlari safida seminarda qatnashishmoqda

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026, 22:23
Doha shahrida o'tayotgan ushbu seminar Jahon chempionatlari uchun nomzod VAR hakamlarini saralash va tayyorlashning asosiy bosqichi hisoblanadi.

Unda ikki nafar vakilimiz ishtirok etmoqda:

Firdavs Nor Safarov - 2026 yilgi AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan erkaklar o'rtasidagi Jahon chempionati uchun VAR hakami nomzodlari ro'yxatidan joy oldi. U ayni damda nazariy va amaliy mashg'ulotlarda o'z mahoratini oshirmoqda.

Edita Mirabidova - 2027 yil Braziliyada o'tkaziladigan ayollar o'rtasidagi Jahon chempionati uchun VAR hakami sifatida nomzod qilib ko'rsatildi. U xalqaro mutaxassislar nazorati ostida video yordamchi hakamlik bo'yicha tayyorgarlikdan o'tmoqda.

Mazkur seminar FIFA tomonidan eng yuqori saviyadagi turnirlarda ishlaydigan hakamlarni shakllantirish yo'lidagi muhim bosqichdir.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz