O'zbekistonda "Yuventus" klubining rasmiy fan-klubi ochildi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2018
Yurtimizda futbolga bo'lgan qiziqish jadallik bilan o'sib bormoqda.

O'zbekistonga shu kunga qadar jahonga mashhur bir qator futbol klublarining rasmiy fan-klublari ochilgan. Kuni kecha ular qatoriga yana bir klub qo'shildi. Turinning "Yuventus" klubi O'zbekistonda o'zining rasmiy fan-klubi ochilganini e'lon qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida ham qayd etib qo'yildi. O'zbekistondagi fan-klub raisi sifatida Akmal Rahmatov qayd etilgan.

Yaqin vaqt ichida ushbu fan-klubga qanday a'zo bo'lish mumkinligi haqidagi ma'lumotlarni taqdim etamiz.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia