

Odatda xorij mamlakatlarida, stadionlarda turli futbol ekipirovkalari sotuviga ko'p bor duch kelamiz. Nihoyat, bunday markaz o'zimizda ham ishga tushirildi. Bir necha yillardan beri o'zbek klublarining aksariyatini formalar bilan taminlab kelayotgan Rasulbek Bekdurdiev Toshkentda "Team Sport" ekipirovka markazini ochdi.




Endilikda o'zingiz muxlislik qiladigan sevimli klubingiz, O'zbekiston milliy terma jamoasining original formalari, jamoangiz a'zolari kiyadigan brend ekipirovkasidagi istalgan turdagi barcha mavsumiy kiyimlarni ushbu do'kondan sotib olishingiz mumkin bo'ladi.






Do'konda sevimli jamoangiz original formasini sotib olib, unga o'zingiz yoqtirgan raqam va ism-sharifingizni yozdirib olish xizmati ham yo'lga qo'yilgan. Bundan tashqari, JAKO va ADIDAS brendidagi barcha formalar, Yevropa top-jamoalarining original liboslari, futbol to'plari, hattoki hakamlar uchun mo'ljallagan kiyimlar va hokazolarni shu yerdan bemalol harid qilishingiz mumkin.

Manzil: "Bunyodkor" stadioni 3E sektor
Telefon: +998 (55) 500-66-22



