O'zbekistonda 8-si, Eronda 15-si, qo'shnilarimizda debyut. Osiyo kubogida qaysi mamlakat necha marta ishtirok etgan?

Khoja
11 yanv 2024, 18:19
Ertaga besh yil kutilgan Osiyo kubogiga start beriladi.

Osiyo kubogida ishtirok etish bo'yicha Eron va Koreya Respublikasi peshqadamlik qilmoqda. Har ikki jamoa uchun Qatardagi chempionat 15-si bo'ladi. Ulardan keyingi o'yinda Xitoy terma jamoasi turadi. Ular 13 marta qita birinchiligida ishtirok etishadi. O'zbekiston termasi uchun ushbu musobaqa 8-si bo'ladi. Qo'shnilarimiz Qirg'iziston ikkinchi marta Osiyo kubogida ishtirok etayotgan bo'lsa, Tojikiston terma jamoasi uchun Qatardagi turnir debyut bo'ladi.

Eron, Koreya Respublikasi milliy terma jamoalari: 15 marta

Xitoy milliy terma jamoasi: 13 marta

Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA milliy terma jamoaslari: 11 marta

Yaponiya, Iroq milliy terma jamoaslari: 10 marta

O'zbekiston, Tailand milliy terma jamoaslari: 8 marta

Suriya, Bahrayn milliy terma jamoaslari: - 7 marta

Indoneziya, Iordaniya, Hindiston, Vetnam, O'mon, Avstraliya milliy terma jamoaslari : 5 marta

Malayziya, Gonkong milliy terma jamoaslari: 4 marta

Falastin, Livan milliy terma jamoaslari: 3 marta

Qirg'iziston milliy terma jamoasi: 2 marta

Tojikiston: debyut

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia