Terma jamoamiz delegaciyasi Dubay shahri chekkarog'idagi to'rt yulduzli "TIME Grand Plaza" mehmonxonasiga joylashdi. Bu mehmonxonada mashg'ulot maydoni yo'q. Shu bois, ko'p ehtimol bilan mehmonxonadan 15 daqiqalik uzoqlikdagi BAA futbol federatsiyasida mashg'ulot o'tkazilishi mumkin. BAA FF oldida ikkita chimli maydon borligini inobatga olsak, har tomonlama qulay joy. O'FF oldida esa bitta sun'iy qoplamali maydon borligini ta'kidlab o'tish joiz.
Eslatib o'tamiz, Shuhrat Maqsudov shogirdlari Iroq, Xitoy va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan. O'zbekiston yoshlar (U-22) terma jamoasi Osiyo chempionati guruh bosqichidagi dastlabki uchrashuvni 12 yanvar kuni Xitoy termasiga qarshi o'tkazadi.
Kamoliddin Alimov.