
Avstraliyaning uch shahri - Brisben, Sidney va Melburnda Xitoydan juda ko'p aholi yashaydi. Xitoy terma jamoasining baxtiga, ular aynan o'z hamyurtlari istiqomat qiladigan shaharlarda guruh o'yinlarini o'tkazishadi. Balki, bu ham musobaqa marketingining bir bo'lagidir.
Brisben shahrida Xitoy shaharchasi (China town) bo'lib, hattoki shaharning 8ga yaqin ko'chasi xitoycha nom olgan.