O'zbekiston va Iordaniyaning 11-to'qnashuvi

Narzulla Saydullayev
20 dek 2014, 16:24
Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Hozirga qadar ushbu jamoalar 10 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Natijalar O'zbekistonning ustunligini ko'rsatmoqda. 4ta uchrashuvda vakillarimiz g'alaba qozonishgan. 5ta o'yinda esa tomonlar durang qayd etishgan. Iordaniya faqat bir marta zafar quchgan. O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 16ta gol urishgan, 11 marta iordaniyaliklar to'p kiritishgan.

JCH-2002 saralashi guruh bosqichi doirasida bu jamoalar ilk bor to'qnash kelishgan. Toshkentdagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Ammandagi bahsda ham durang kuzatilgan - 1:1.

2008 yil Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tgan. Unda vakillarimiz yirik hisobda zafar quchishgan - 4:1. 2011 yilgi Osiyo Kubogidan oldin o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tgan. O'sha bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi.

O'sha qita chempionati chorak finalida Iordaniyaga qarshi bahsda Ulug'bek Baqoevning ikkita goli tufayli O'zbekiston g'alaba qozongan - 2:1.

2012 yil avgust oyida Amman shahrida ikki marta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan. Birinchi o'yinda Temur Kapadzening goli jamoamizga g'alaba keltirgan. Ikkinchi bahsda mezbonlar 2:0 hisobida muvaffaqiyatga erishishgan.

O'tgan yil JCH-2014 saralashi pley-off bosqichida Iordaniya bilan to'qnash kelgandik. Ammanda ham, Toshkentda ham bir xil 1:1 hisobi kuzatilgan. G'olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat qilingan. O'shanda Iordaniyaning omadi kelganini hamon ishqibozlarimiz unutishmagan.

Sentyabr oyi boshida poytaxtimizda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Igor Sergeev va Dilshod Jo'raevning urgan gollari Iordaniyaning mag'lubiyatini taminlagandi - 2:0.



#SanaMezbonHisobMehmonUchrashuv
127.04.2001O'zbekiston2:2IordaniyaJCH-2002 saralashi
2 07.05.2001 Iordaniya1:1 O'zbekiston JCH-2002 saralashi
322.03.2008O'zbekiston4:1IordaniyaO'rtoqlik uchrashuvi
4 02.01.2011 Iordaniya2:2 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
521.01.2011Iordaniya1:2O'zbekistonOsiyo kubogi 2011
6 13.08.2012 Iordaniya0:1 O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
715.08.2012Iordaniya2:0O'zbekistonO'rtoqlik uchrashuvi
8 06.09.2013 Iordaniya1:1 O'zbekiston JCH-2014 saralashi
910.09.2013 O'zbekiston1:1 (pen 8:9)IordaniyaJCH-2014 saralashi
10 4.09.2014 O'zbekiston2:0 Iordaniya O'rtoqlik uchrashuvi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia