O'zbekiston va Iordaniya 10-marta to'qnash kelishadi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2014, 10:00
4 sentyabr kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
Ushbu bahs ikki jamoa o'rtasidagi 10-o'yin bo'lib tarixda qoladi. Bunga qadar bo'lib o'tgan 9ta uchrashuvning 3tasida vakillarimiz zafar quchishgan, 5 marta durang qayd etilgan. Iordaniya faqat bir bor g'alabaga erishgan. To'plar nisbatida ham ustunlik O'zbekiston tomonida - 14:11.


Ushbu jamoalar o'rtasidagi barcha o'yinlar:


O'zbekiston - Iordaniya 2:2 (JCH-2002 saralashi)
Iordaniya - O'zbekiston 1:1 (JCH-2002 saralashi)
O'zbekiston - Iordaniya 4:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
O'zbekiston - Iordaniya 2:2 (O'rtoqlik uchrashuvi)
O'zbekiston - Iordaniya 2:1 (OK-2011. 1/4 final)
Iordaniya - O'zbekiston 0:1 (O'rtoqlik uchrashuvi)
Iordaniya - O'zbekiston 2:0 (O'rtoqlik uchrashuvi)
Iordaniya - O'zbekiston 1:1 (JCH-2014 saralashi)
O'zbekiston - Iordaniya 1:1 (pen 8:9) (JCH-2014 saralashi)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia