O'zbekiston va BAA Milliy olimpiya qo'mitalari Prezidentlari Dubayda o'zaro uchrashuv o'tkazishdi

Narzulla Saydullayev
3 may 2018, 23:04
O'zbekiston MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa taklifiga binoan Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib turibdi.

Safar davomida Umid Ahmadjonov mamlakat Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Ahmad bin Muhammad bin Rashid al-Maktum bilan ham uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar Olimpiya harakatini rivojlantirish borasida o'zaro tajriba almashish bo'yicha muzokaralar olib borishdi. Unda O'zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari sportchilarining qo'shma mashg'ulot o'tkazishlariga alohida urg'u berildi.

Suhbat davomida shuningdek Jakartada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari hamda 2020 yilda Tokio mezbonlik qiladigan Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni bo'yicha ham so'z bordi.

Avvalroq MOQ rahbari Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama al-Shafar bilan uchrashgani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com