O'zbekiston - Ummon. O'zaro o'yinlarda ustunlik raqib tomonida, biroq...

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2019, 11:47
9 yanvar kuni O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi 1-turida Ummon bilan o'ynaydi.

Bu jamoalar shu kunga qadar 5 marta to'qnash kelishgan.  Dastlabki o'zaro o'yin 2001 yil Toshkentda o'tgan. JCH-2002 saralashi doirasida vakillarimiz raqibni tor-mor etishgan - 5:0.

Jafar Irismetov va Mirjalol Qosimov dublga erishgan. Yana bir golga Maksim Shackix mualliflik qilgan.

Ummonda o'tgan uchrashuv esa biz uchun juda alamli mag'lubiyat bilan tugagan. Birinchi taymda vakillarimiz 2:0 hisobida oldinga chiqib olishgan. Biroq ikkinchi bo'limda maydon egalari Aleksey Polyakov qo'riqlayotgan darvozaga 4ta gol urishning uddasidan chiqishgan - 4:2. 



Keyingi uchta bahs ham o'rtoqlik maqomida bo'lgan. Yani Ummon bilan rasmiy to'qnashuvlarda natijalarimiz teng: bir g'alaba, bir mag'lubiyat.

2008 yil Maskatda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

2014 yil ushbu jamoalar O'zbekistonda bir yo'la ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishgan. Olmaliq va Toshkentda bo'lgan o'yinlar bir xil 0:1 hisoblari bilan tugagan. Olmaliqda Mirjalol Qosimov asosan yosh futbolchilarni maydonga tushirgan bo'lsa, Toshkentdagi bahs Maksim Shackix, Viktor Karpenko va Ulug'bek Baqoevning xayrlashuv o'yini bo'lgani ko'plab muxlislarning yodida bo'lsa kerak.

9 yanvar kungi bahsda O'zbekiston terma jamoaga omad yor bo'lishini tilaymiz! 




Ma'lumot uchun, 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo chempionatida O'zbekiston guruhda Ummon bilan to'qnash kelgan va 1:0 hisobida g'alaba qozongan. O'sha uchrashuvda yagona golni ayni paytda milliy terma jamoa bilan BAAda bo'lib turgan Doston Tursunov urgan edi. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia