O'zbekiston U-23 bugun Tailandga yo'l oladi

Narzulla Saydullayev
1 yanv 2020
U-23 Osiyo chempionatida ishtirok etadiga Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Dubayda yig'inni yakunladi.

Terma jamoamiz BAAda to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, barchasida g'alabaga erishdi. Vakillarimiz "Al Arabi" (4:0), Iroq U-23 terma jamoasini ikki marta (4:2 va 3:1) hamda "Al Hamriya" klubini (3:0) mag'lub etishdi.

Bugun Drulovich shogirdlari musobaqa bo'lib o'tadigan Tailand mamlakatiga uchib kyetishadi. 

Terma jamoamiz musobaqadagi ilk uchrashuvni 9 yanvar kuni o'tkazadi.

9 yanvar O'zbekiston - Eron
12 yanvar O'zbekiston - Xitoy
15 yanvar O'zbekiston - Janubiy Koreya


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia