O'zbekiston U-21 terma jamoasi "Chig'atoy"da mashg'ulot o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
29 avg 2018, 12:17
O'zbekiston U-21 terma jamoasi Sunnatilla Abdurasulov boshchiligida 25 avgustdan 31 avgust kuniga qadar “Chig'atoy” sport bazasida yig'in o'tkazayotgani haqida xabar berib o'tgan edik.

O'zbekiston U-21 terma jamoasiga nomzod futbolchilar bosh murabbiy tomonidan saralab olinmoqda. Eslatib o'tamiz “Chig'atoy” sport bazasidagi yig'in nihoyasiga etgach terma jamoa a'zolari 1 sentyabr kuni Xitoyga jo'nab ketadi.

Xitoyning Kunmin shahrida futbolchilarimiz Myanma, Tojikiston va Xitoy U-21 terma jamoalari bilan xalqaro musobaqada kuch sinashadi. Ushbu xalqaro musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun navbatdagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz