O'zbekiston U-20 terma jamoasi iyul oyida yana bir xalqaro musobaqada qatnashadi

Administrator
7 iyun 2024, 23:43
Shu sababli "Olimpik MobiUz" jamoasining Pro ligadagi ikki o'yini boshqa sanaga ko'chiriladi.

"O'zbekiston U-20 terma jamoasi 3-13 iyul kunlari Qirg'iziston mezbonlik qiladigan CAFA musobaqasida ishtirok etishi Ligaga ma'lum qilindi. Shundan kelib chiqib, terma asosini tashkil qiluvchi "Olimpik MobiUz" ishtirokidagi ikki bellashuv sanasiga o'zgartirish kiritish so'ralgan. 

Endilikda Pro liga 12-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Olimpik MobiUz" o'yini bir kun avvalroq - 29-iyun sanasida bo'lib o'tadi. O'zbekiston kubogining 1/8 finalidan joy olgan "Olimpik MobiUz" - "Xorazm" o'yini ham bir kun avval - 2-iyul kuni o'tkaziladi", -deyiladi O'zPFL bayonotida.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ЎзПФЛ матбуот хизмати