O'zbekiston U-19 terma jamoasi Yangonda bugun navbatdagi mashg'ulotlarini o'tkazadi

Omonjon To`xtamirzayev
8 okt 2014, 15:42
U-19 yoshlar o'rtasidagi Osiyo Chempionatida ishtirok etadigan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Myanmada o'zining ikkinchi kungi mashg'ulotlarini o'tkazadi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi V guruhidagi raqiblari - Indoneziya, Avstraliya va BAA terma jamoalari singari Yangon shahridagi Taw Bin Garden mehmonxonasida istiqomat qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi musobaqadagi ilk o'yinini 10 oktyabr kuni Indoneziya yoshlar terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: the-uff.com