O'zbekiston U-19 terma jamoasi “Metallurg” yoshlarini mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2020
Oktyabr oyida mamlakatimizda 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi.

Temur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayonini davom ettirmoqda. Terma jamoamiz poytaxtda yig'in o'tkazayotgani haqida xabar bergan edik.

Kecha O'zbekiston U-19 terma jamoasi “Metallurg” yoshlari bilan bahs yuritdi va kichik hisobda zafar quchdi.


O'zbekiston U19 – “Metallurg” yoshlari 1:0

Gol:
Sardor Etovqo'ziev.

O'zbekiston U-19:
Mo'minmirzo Qodirov, Ibragim Ro'ziev, Begzod Shamsiev, Xurshid Ubaydullaev, Jalol Sodiqov, Humoyun Sherbo'taev, Sardor Etovqo'ziev, Javohir Husanov, Muhammadqodir Rahimberganov, Asadjon Azimjonov, Abdulaziz Abdusalomov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:
Shukron Yo'ldoshev, Yahyoxon Marufxo'jaev, Elnur Turg'unov, Oybek Jo'raev, Doston Tursunov, Davron Anvarov, Farrux Muxtorov, Jamshid Rahmatullaev, Boburshox Sobirov, Azizbek Zokirov, Ruslanbek Jiyanov.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz