O'zbekiston U-19 o'rtoqlik uchrashuvida Tailand yoshlarini mag'lubiyatga uchratdi

Narzulla Saydullayev
19 sen 2014, 17:46
O'zbekiston U-19 yoshlar terma bugun Bankok shahridagi yig'ini davomida Tailand U-19 yoshlariga qarshi ilk o'rtoqlik o'yinini o'tkazib 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 17 sentyabr kuni Tailand poytaxti Bankok shahriga jo'nab ketgani haqida xabar bergan edik. Rejaga ko'ra, mazkur yig'in davomida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mezbon - Tailand U-19 yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi belgilangan edi.

19 sentyabr kuni terma jamoalar o'zaro ilk o'yinda maydonga tushishdi va ushbu o'yin Ravshan Haydarov shogirdlarining 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi. O'yinning 71-daqiqasida Doston Hamdamov va 74-daqiqada Otabek Shukurovning gollari evaziga O'zbekiston U-19 yoshlari o'yinda 2:0 hisobida g'alabaga erishgan.

Takidlash lozim, O'zbekiston va Tailand yoshlar terma jamoalari 21 sentyabr kuni o'zaro ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 9-23 oktyabr kunlari Myanmada o'tkaziladigan yoshlar o'rtasidagi OCH final bosqichida ishtirok etadi.

O'rtoqlik uchrashuvi.
19 sentyabr, Bankok, Tailand.
Tailand (U-19) - O'zbekiston (U-19) - 0:2
Gollar
: Doston Hamdamov (71), Otabek Shukurov (74)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com