O'zbekiston U-19 BAA bilan ikkita o'rtoqlik urashuvi o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2015
Jasur Abduraimov murabbiylik qilayotgan O'zbekiston U-19 terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari U-19 bilan O'zbekistonda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Dastlabki o'yin 29 may kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuv 31 may sanasiga mo'ljallangan.

Eslatib o'tish kerakki, ayni vaqtda Abduraimov jamoasi Armanistonda. U erda ular bir o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Ikkinchi o'yin esa bugun bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com