
Ushbu yig'in O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi uchun noyabr oyida bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionati saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Mazkur yig'in davomida O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi mezbon - Vetnam U-19 ayollari bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan. Rejaga ko'ra, mazkur o'rtoqlik o'yinlari 6 va 8 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Ma'lumot o'rnida, ayni damda O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasiga Vyacheslav Soloxo murabbiylik qilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, ayni damda O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasiga Vyacheslav Soloxo murabbiylik qilmoqda.