O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Xitoyga yetib bordi

Narzulla Saydullayev
13 okt 2017
O'zbekistonning U-19 ayollar terma jamoasi futbol buyicha Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Xitoyning Nankin shahriga yetib keldi.

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston “A” guruhidan joy olgan bo'lib, keyingi bosqichga chiqish uchun Xitoy, KXDR va Tailand terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O'zbekiston delegaciyasi istiqomat kilishi uchun Nankindagi sportchilar uchun mo'ljallangan maxsus Tyan Yun bo'yidagi olimpiya shaharchasidan joy ajratildi. Bu erda turli jismoniy mashqlar o'tkazish hamda mashg'ulotlardan keyin tiklanish uchun barcha sharoit bor.

Bahrom Norsafarov boshchiligidagi murabbiylar shtabi mashg'ulotlar jadvalini ishlab chiqqan. Ushbu rejaga ko'ra bugun futbolchi qizlar Nankin shahridagi dastlabki mashg'ulotni o'tkazadi.

Osiyo chempionati doirasidagi guruhdagi dastlabki bahs 15 oktyabr, yakshanba kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com