O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Namanganda yig'in o'tkazmoqda

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2018, 12:05
O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari ushbu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun kechadan Namangan shahrida yig'inga kirishdi.

Joriy yilda Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 19 yoshgacha bo'lgan ayollar o'rtasida o'tkaziladigan Osiyo chempionatining saralash bosqichiga qur'a natijalariga ko'ra 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan tashkil topgan O'zbekiston ayollar terma jamoasi Qirg'iziston, BAA, Guam, Maldiv orollari terma jamoalari bilan S guruhidan joy olgani xaqida xabar berib o'tgan edik.

Saralash o'yinlari 2018 yil 20 oktyabr kunidan 29 oktyabr kuniga qadar Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi futbolchilari ushbu musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rish uchun kechadan Namangan shahrida yig'inga kirishdi. Yig'in 25 iyunga qadar davom etadi.

Yig'inga terma jamoa bosh murabbiyi Karima Yo'ldosheva quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:

Darvozabonlar:

Nurillaeva Sevara – “Sevinch”
Saidova Zarina – “Sho'rtan”

Himoyachilar:
Alamuradova Sogdiana – “Sevinch”
Shodieva Laylo – “Sevinch”
To'raeva Marjona – “Sevinch”
Shodieva Amina – “Sevinch”
Hojieva Ozoda – “Bunyodkor”
Ibrohimova Gulchiroy – “Olmaliq”
Kamalieva Elvina – “Lokomotiv”
Hikmatova Madina – “Paxtakor”
Olmanova Sabina – “Buxoro”
Baxtiyorova Durdona – “Navbahor”

Yarim himoyachilar:
Tosheva Laylo – “Sevinch”
Yusupova Shaxnoza – “Sevinch”
Saidova Gulzoda – “Sho'rtan-Ledi”
Gancheva Husniya – “Sho'rtan-Ledi”
G'iyosova Munisa – “Olmaliq”
Smirnova Arina – “Olmaliq”
Nasibulaeva Uriyo – “Paxtakor”
Normatova G'ulomjon – “Metallurg”
Erkinova Diyora – “Metallurg”
Xandamova Shahodat – “Sevinch”
Kamoltoeva Madina – “Metallurg”
Rashidova Tojiniso – “Bunyodkor”
Qurbonova Shaxnoza – “Sevinch”

Hujumchilar:
Xudoynazarova Dinara – “Lokomotiv”
Komiljonova Sarvinoz – “Navbahor”
Mardieva Muxlisa – “So'g'diyona”
Oxunova Ruhsora – “Navbahor”
Gulova Farangiz – “Andijanka”

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com