O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi bugun yig'in doirasida nazorat o'yinida maydonga tushdi

Narzulla Saydullayev
16 fev 2019, 11:05
Avval xabar berib o'tganimizdek, O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi shu yilning aprel oyida Osiyo chempionati saralashining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.

Ana shu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish maqsadida terma jamoa a'zolari kecha 10 fevral kunidan Namangan shahrida yig'in o'tkazmoqda.
 
Kecha yig'in doirasida Karima Yo'ldosheva shogirdlari "Andijanka" jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazishdi. Uchrashuvda terma jamoamiz a'zolari 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
 
Namangandagi o'quv-mashg'ulot yig'ini 19 fevralga qadar davom etadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz