

U-20 Osiyo Kubogi saralashiga tayyorgarlik ko'rayotgan vakillarimiz oktyabr oyida Ozarbayjon bilan 2 ta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu haqida terma jamoa ustozi Jamoliddin Rahmatullaev ma'lumot berdi.
"Tayyorgarlikka kelsak, oldimizda 9 va 12 oktyabr kunlari Ozarbayjon bilan Toshkentda xalqaro o'rtoqlik o'yinlari belgilangan",- deydi Jamoliddin Rahmatullaev.
Ma'lumot uchun, 2027 yilgi Ozarbayjon va O'zbekiston mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionatida shu yosh toifasidagi terma jamoamiz ishtirok etadi



