O'zbekiston U-17 yordamchi murabbiyi: "Fransiyaga qarshi o'yin qiyin bo'ladi, biroq g'alaba qozonishga harakat qilamiz"

Sherzod Nurmatov
24 noya 2023, 17:08
O'zbekiston U-17 terma jamoasi yordamchi murabbiyi Sobir Usmonxo'jaev Fransiyaga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Solo shahrida o'zimizni uydagidek his qilyapmiz. Albatta, bosh murabbiysiz o'yin o'tkazish qiyin. Biroq Jamoliddin Rahmatullaev professional murabbiy sanaladi va jamoani pley-offga tayyorlashda yordam bermoqda. 

Ertaga qiyin o'yin bo'ladi, biroq g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Futbolchilar ham vaziyatdan xabardor, shu bois ular ertaga optimal o'yinini namoyish etish uchun maydonga chiqishadi.

Fransiyaning musobaqadan chetlatilishi mumkinligi to'g'risida yangilikni eshitdik. Biroq bu futbol, pley-off bosqichida qaysi jamoa bilan to'qnash kelishimizning farqi yo'q. Barchamiz diqqatni bo'lajak o'yinga qaratganmiz, shu bois bu borada nimadir deya olmayman", – dedi Usmonxo'jaev.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia