

Mezbonlar maydonida, yopiq eshiklar ortida tashkil etilgan mazkur bahsda vakillarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Uchrashuv murabbiylar shtabi uchun o'yinchilarning jismoniy holati va imkoniyatlarini to'liq sinovdan o'tkazish vazifasini o'tab berdi. Shu maqsadda, Sergey Chegodaev shogirdlari har ikki bo'limda (45 daqiqadan) to'liq ikkita turli xil tarkib bilan maydonda harakat qildi.
O'yinning 22-daqiqasida Mirkomil Murodov qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi. Natijada yoshlarimiz uchrashuvning asosiy qismini son jihatdan kamchilik bo'lib o'tkazishga majbur bo'lishdi.







