O'zbekiston U-17 terma jamoasi o'rtoqlik o'yinida Angliyaga yutqazdi

Administrator
3 sen 2025, 22:44
O'zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniyadagi xalqaro o'rtoqlik turniri doirasidagi ilk bahsda Angliya U-18 terma jamoasiga mag'lub bo'ldi.

Inglizlar uchrashuvda O'zbekiston darvozasiga uchta gol kiritishdi. Jamoamizning goliga 21-daqiqada Asilbek Aliev mualliflik qildi. Ma'lumot uchun, ushbu o'yin yopiq tarzda o'tkazildi.

Angliya U-18 3:1 O'zbekiston U-17


O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати