
Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 17 avgust kuni Toshkentda o'zining navbatdagi yig'inini boshlaydi. Ushbu yig'in davomida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi 3ta o'rtoqlik-nazorat o'yinini o'tkazadi. O'zbekiston hamda Eron o'smirlari o'rtasidagi o'yinlar 18, 20, 22 avgust kunlari Toshkentdagi JAR stadionida bo'lib o'tadi.
Qayd etish lozim, O'zbekiston hamda Eron o'smirlar terma jamoalari o'zaro ilk marotaba 2011 yilda Ostonadagi xalqaro turnirda kuch sinashgan va o'sha o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi. Oradan bir yil o'tib, terma jamoalar Eronda bo'lib o'tgan U-16 o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslarining yarim finalida yana bir bora to'qnash kelishdi. Yarim final uchrashuvida Dilshod Nuraliev shogirdlari 3:2 hisobida g'alaba qozongan edilar. Yakunda, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatining final uchrashuvida Yaponiya o'smirlar terma jamoasini mag'lub etib, o'z tarixida ilk marotaba Osiyo chempionati g'olibiga aylangan edi.
Toshkentda Eron o'smirlar terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvlar, Nuraliev shogirdlari uchun shu yilning 17 oktyabr - 8 noyabr kunlari BAA mamlakatida bo'lib o'tadigan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati final bosqichi o'yinlari oldidan tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Ma'lumot o'rnida, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari final bosqichiga qur'a tashlash marosimi 26 avgust kuni Abu-Dabi shahrida bo'lib o'tadi. Qur'a tashlash marosimida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev hamda terma jamoa sardori Otabek Shukurov ishtirok etadilar.
Toshkentdagi yig'inga chaqiriligan futbolchilar ro'yxati.
# | Futbolchi | Tug'ilgan yili | Klub | Tug'ilgan joyi |
Darvozabonlar | ||||
1 | Sarvar Karimov | 1996 | Lokomotiv | Chinoz |
2 | Shoxjahon Eshbo'taev | 1996 | Mashal | Yangier |
3 | Shoxruh Raimov | 1996 | Paxtakor | Toshkent |
Himoyachilar | ||||
4 | Ibrohim Abdullaev | 1996 | Paxtakor | Toshkent |
5 | Odil Hamrobekov | 1996 | Nasaf | Namangan |
6 | Jamshid Boltaboev | 1996 | ROZK-Paxtakor | Toshkent |
7 | Oybek Erkinov | 1996 | Paxtakor (Registon) | Toshkent |
8 | Akrom Komilov | 1996 | Bunyodkor (Andijon) | Toshkent |
9 | Rustam Ashurmatov | 1996 | Bunyodkor | Qo'qon |
10 | Humoyun Agzamov | 1996 | Paxtakor | Toshkent |
11 | Shoxjahon Qilichev | 1996 | Alanga | Jizzax |
Yarim Himoyachilar | ||||
12 | Ravshan Xursanov | 1996 | ROZK-Paxtakor | Toshkent |
13 | Izzatilla Abdullaev | 1996 | Paxtakor (Zarafshon) | Jizzax |
14 | Ilxomjon Abdug'aniev | 1996 | ROZK-Paxtakor | Andijon |
15 | Islom Karimov | 1996 | ROZK-Paxtakor | Farg'ona |
16 | Zarbillo Umarov | 1996 | Bunyodkor | Farg'ona |
17 | Baxodir Daminov | 1996 | Paxtakor (Istiqlol) | Toshkent |
Hujumchilar | ||||
18 | Akobir To'raev | 1996 | Buxoro | Buxoro |
19 | Abbos Nematillaev | 1996 | Lokomotiv | Toshkent vil. |
20 | Dilshod Xushbakov | 1996 | Nasaf | Qarshi |
21 | Shaxzod Ochilov | 1996 | Nasaf | Samarqand |
22 | Ibrohim Ismoilov | 1996 | Navbahor | Namangan |
23 | Javohir Siddiqov | 1996 | ROZK-Paxtakor | Toshkent |