
Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi jamoa ishtirok etadigan ushbu turnir 6 – 12 avgust kunlari bo'lib o'tadi.
Musobaqada O'zbekistondan tashqari Polsha U-17, Yaponiya U-17 hamda Hirosima shahri terma jamoasi ishtirok etadi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining ushbu musobaqadagi barcha raqiblari ulardan bir yosh katta futbolchilardan iborat jamoalardir.
O'zbekistonning ushbu musobaqadagi o'yinlar taqvimi:
8-avgust. O'zbekiston U-16 – Polsha U-17
11-avgust. O'zbekiston U-16 – Yaponiya U-17
12-avgust. O'zbekiston U-16 – Hirosima U-17