

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, terma jamoa a'zolarida issiq chiqishi kuzatilgan va ular izolyaciyaga olingan. Bu borada batafsil ma'lumot olish uchun O'FA terma jamoalar departamenti boshlig'i Aziz Haydarovga murojaat qildik.
"O'smirlar terma jamoamizni etti nafar futbolchisida koronavirus alomatlari sezilgan. Lekin, vahimaga xojat yo'q. Ular o'zlarini yaxshi his qilishmoqda. Ayrimlarida istimasi chiqqan. Barcha zarur chora va tadbirlar ko'rildi.
Bir martallik anjomlar, ovqatlar etkazib berishni yo'lga qo'ydik. Hozircha ularni Chig'atoy bazasida karantinda saqlamoqdamiz. Tavakkal qilishni istamadik.
Hattoki, bazi bir futbolchilar mashg'ulotlarga chiqish istagini bildirishdi. Ammo, katta tavakkal qilgimiz kelmadi. Izolyaciyaga olingan, zarur dorilar etakazib berilmoqda.
Xudo xoxlasa ularni sog' va salomat ota-onalarini bag'riga qaytaramiz. Avvalo bu balodan yaratganni o'zi barchamizni asrasin. Yurtimizni o'z panohida saqlasin deb qolamiz. Bu borada barcha voqealardan muxlislarimizni xabardor qilib turamiz",- deydi Aziz Haydarov.



