O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni yakunladi

Narzulla Saydullayev
19 fev 2019, 11:02
O'zbekiston U-16 terma jamoasi poytaxtimizdagi "Chig'atoy" sport majmuasida yig'in olib borayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Ular yig'in davomida "Chig'atoy 2003", "Paxtakor 2004" va "Spartak 2003" jamoalariga qarshi maydonga tushib, g'alaba qozonishdi.

Kecha Azamat Abduraimov shogirdlari ikki nazorat o'yini o'tkazishdi. Dastlab, o'smirlar terma jamoasi a'zolari "Spartak 2003" jamoasiga qarshi yana bir o'yin o'tkazib, 2:0 hisobida g'alaba qozonishdi. "Bunyodkor 2003" jamoasiga qarshi kechgan o'yinda esa terma jamoa a'zolari 2:1 hisobida ustunlikka erishishdi.
 
Shu bilan O'zbekiston U-16 terma jamoasining Toshkentdagi yig'ini yakunlandi. Yig'in davomida bosh murabbiy Azamat Abduraimov terma jamoa asosini shakllantirish ishlarini olib borib, nomzodlarni sinovdan o'tkazib olganini takidlash zarur.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz