O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda to'rtta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
9 mar 2017, 16:21
O'zbekiston U-16 terma jamoasi 13–15 mart kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazadi. Dilshod Nuraliev shogirdlari yig'in doirasida 4 ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

13 mart kuni O'zbekiston o'smirlar termasi “Spartak–2001” hamda “ROZK–2001”, 15 mart kuni esa “Bunyodkor–2001” hamda “16-BO'SM–2001” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Dilshod Nuraliev bo'lajak o'yinlarga quyidagi futbolchilarni taklif qildi.

Darvozabonlar: Mo'min Qodirov (“Bunyodkor”), Anvar Nazarov (“Andijon”), Omon Baqoev (“Buxoro”).

Himoyachilar: Sardor Adburashidxo'jaev (“Bunyodkor”), Alibek Davronov (“Nasaf”), Miraziz Saidov (“Paxtakor”), Jasurbek Abdulbekov (“Bunyodkor”), Doniyor Sobirov (“Paxtakor”), Xurshid Ubaydullaev (“Bunyodkor”), Muhammad Nosirov (“Bunyodkor”), Xojiakbar Nosirov (“Andijon”).

Yarim himoyachilar: Tohir Rafaelov (“Yangier”), Jasurbek Jaloliddinov (“Bunyodkor”), Mirjalol Qosimov (“Nasaf”), Ruslan Raziev (“Paxtakor”), Sulton Nekbaev (“Buxoro”), Mironshox Sattorov (“Bunyodkor”), Husain Narchaev (“Nasaf”), Diyorbek Rahimqulov (“Bunyodkor”).

Hujumchilar: Bo'ronbek Mirzasalimov (“Bunyodkor”), Igor Chikrizov (“Paxtakor”), Aziz Olimov (“Neftchi”).

Mazkur uchrashuvlar O'zbekiston U-16 terma jamoasi uchun o'smirlar o'rtasidagi 2018 yilgi Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Saralash bosqichi shu yilning 16–24 sentabr kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com