O'zbekiston U-16 terma jamoasi 5-15 aprel kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi

Alisher
4 apr 2022, 17:03
Ushbu terma jamoani istedodli mutaxassis Jamoliddin Rahmatullaev boshqarib boradi.

Ma'lumot uchun, Jamoliddin Rahmatullaev 1986 yilda tavallud topgan. Futbolchilik davrida Lokomotiv va UzDongJu kabi jamoalarda to'p surgan. Murabbiy sifatidagi faoliyatini Spartak-Toshkent jamoasida boshlagan. 2020 yildan boshlab Bunyodkor U-18 bosh murabbiyi va O'zbekiston U-16 terma jamoasining bosh murabbiyi yordamchisi sifatida ishlab kelgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 terma jamoasining mashg'ulotlari Chig'atoy bazasida bo'lib o'tadi. Bosh murabbiy tomonidan mazkur yig'inga jalb etilgan futbolchilarning ro'yxati bilan tanishing: 

Diyorbek To'laboev, Jahongir Buriev, Ozodbek Marupov, Muhammadyusuf Sobirov, Sherzodbek Abdulboriev, Ozodbek O'ktamoev, Behruz Shukurullaev, Danil Panferov, Dadajon Ahmadov, Abdulaziz Mahkamboev, Behruz Jumatov, Muhammadali Olimov, Azizbek To'lqunbekov, Jahongir Hoshimboev, Daniil Nugumanov, Oybek O'rmonjonov, Ollabergan Karimov, Behruz O'ktamov, Farruh Anorboev, Ibrohimjon Tursunaliev, Zikrillohon Muhtorov, Lalizbek Mirzev, Abdulhamid Turg'unboev, Shodiyor Shodiboev

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ufa.uz